2021 yil uchun Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi. Ushbu ma’lumot «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida» gi qonun loyihasida aks etgan.

Mazkur qonunga binoan, Toshkentda 2021 yilda turar-joy binolari uchun ijaraning eng kam stavkasi 1 kv. m. uchun oyiga 14 ming so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda. Viloyat markazlari va Nukus shahrida — 8,5 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida — 4 ming so‘m miqdorda belgilangan. Bu yil uchun ushbu stavkalar mos ravishda 12, 7,5 va 3,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, poytaxtda turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulkni ijaraga berishning minimal stavkasi 1 kv. m. uchun oyiga 29 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu stavka viloyat markazlari va Nukusda — 17 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida — 7,5 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Noturar joy bo‘lmagan ob’ektlarga bu yilda minimal stavkalari mos ravishda 25, 15 va 6,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Yengil avtomobil transportini (yo‘lovchilarni, yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasi, 8 o‘rindiqdan ko‘p bo‘lmagan, haydovchi o‘rindig‘ini hisobga olmaganda) ijaraga berishning minimal stavkasi 575 ming so‘mni (2020 yil uchun 500 ming so‘m) tashkil qilishi mumkin.

Shu bilan birga, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun ijara haqining minimal miqdori 1 150 000 so‘mni (2020 yil uchun 1 mln so‘m) tashkil etishi kutilmoqda.


Foto: norma.uz