30 oktyabrdan boshlab mamlakat hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika bo‘yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o‘rtasiga kelib harorat 15−18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko‘tariladi.

Dam olish kunlari respublika hududiga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog‘li va baland tog‘li hududlarida saqlanib turadi.

Harorat kechasi 2−7 daraja atrofida, kunduzi 17−22 daraja bo‘lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.