O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Yodgor Sa’diyev 1946 yilda Toshkentda tavallud topgan. 1989 yili Davlat mukofoti, 2016 yili «Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni, 2018 yil «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan bilan taqdirlangan.

1971−1987 yillarda O‘zbek davlat akademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat olib borgan. 1987−1992 yillarda O‘zbek davlat drama teatrida ijod qilgan. 1992−1998 yillarda yana O‘zbek davlat akademik drama teatrida ishladi.

1998−2012 yillarda «Qalqon» kinostudiyasi badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. 2012 yildan beri yana O‘zbek milliy akademik drama teatrida aktyor sifatida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy akademik drama teatrining avvalgi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Mas’udov shu yilning avgust oyida vafot etgan edi.