30 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 519 (+165) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangi holatlarning hududlar bo‘yicha taqsimoti:

  • 94 nafari Toshkent shahrida;
  • 32 nafari Namangan viloyatida;
  • 12 nafari Samarqand viloyatida;
  • 9 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Ayni paytda mamlakatda 52 970 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 3 081 nafar bemor davolanmoqda.