Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva qanday holatlarda emlash mumkinmasligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin.

«Grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har ili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi. U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarini kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini ta’minlab beradi», — dedi u.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi kimlarni emlash mumkinmasligiga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra:

  • ortirilgan immun tanqis holatlar, ya’ni OITS kasalligini turli bosqichlarida;K
  • vaksina tarkibidagi ad’yuvanti, ya’ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlash mumkin emas.

«Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘ruvidan o‘tib sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak», — deya ta’kidladi Sevara Ubaydullayeva.