“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — deya yozdi Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining shaxsiy Telegram kanalida.

Saida Mirziyoyeva farzandini dunyoga keltirgani va o‘z farzandiga bo‘lgan muhabbati haqida aytib o‘tdi.

“Biz ham ko‘payishdik — jajji Shavkatjon, bizning quyoshimiz. Biz u bilan yaqinda tanishdik, lekin birinchi uchrashuvimizdayoq o‘rtada shunchalar kuchli muhabbat paydo bo‘ldiki, biz kuniga 24 soat birga bo‘lamiz :) Onalar buning nima ekanini bilishadi”, — deb yozdi u.

“Men esa muhabbatning ayollarga barcha dilxiraliklarga dosh berishi va kechirishiga yordam beruvchi kuch ekani haqida o‘ylayman. Baxtli va eng yaxshi damlarni kutish, bolalar o‘sib-ulg‘ayguncha yonida bo‘lish, ularga tayanch bo‘lish va keyin tin olish mumkin. Nima qilsak ham, bizni doim muhabbat boshqaradi”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — deya yozadi Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva.

“Bir vaqtning o‘zida haqoratlarga munosib javob uchun ozodlikdan mahrum qilish va sakkiz yillik xo‘rlik ostida yashaganlarni yarashuv bilan “jazolash” mumkin emas. Qiz bolaga ojiza va itoatkor bo‘lgani uchungina buyumdek qarash, dili og‘rigan-og‘rimaganini uning uchun hal qilish mumkin emas. Shaxsiy fikri uchun ta’qib qilish mumkin emas. Agar biz adolat tarafdori bo‘lsak, qonun ikkala tomon uchun bir xil ishlasin. Agar biz baxtli mamlakatda yashashni istasak, ayollarni erkaklar prioritetlaridan, jurnalistlarni esa bosimdan himoya qilishimiz kerak.

Ayollarga kelsak: qo‘limizda bola bo‘lganida, har bir jabhada erkaklar bilan tenglashish biz uchun shundoq ham qiyin, har birimiz farzand tug‘ilganida karyeramizning bir necha yilini yo‘qotamiz. Shunga qaramay, ba’zan bizga yana ayblov ham qo‘yishadi", — deb yozadi Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.

“Prezident topshirig‘iga ko‘ra, ayni kunlarda tuhmatni dekriminallashtirish hamda jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlikka oid ikki muhim qonun hujjati ishlab chiqish arafasida. Bu oshkora jamiyat sari tashlangan yana ikki katta qadam bo‘ladi. Keling, buni birgalikda amalga oshiramiz”, — deya ta’kidladi u.