3 sentyabr kuni O‘zbekistonda 257 holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, ya’ni 27 iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 293 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 797 nafar bemordan 40 176 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.