1 sentyabr kuni O‘zbekistonda 343 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida jami 389 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 236 nafar bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.