Atoqli rejissyor va ssenarist Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi, deya xabar qildi O‘zbekkino matbuot xizmati. Marhumning o‘lim sababi ma’lum qilingani yo‘q.

Mahmud To‘ychiyev 1951 yil 26 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yil Butunrossiya davlat kinematografiya instituti VGIKning ssenariy bo‘limini tugatgan. U «Temir xotin», «Shaytanat», «Katta oyi», «Ayollar saltanati» kabi filmlar ssenariy muallifi hisoblanadi.