O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Sharipov 53 yoshda olamdan o‘tdi, deya xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritishicha, xonanda 28 iyul kuni soat 17:30 larda insult sababli odamdan o‘tgan.

Ruslan Sharipov 1966 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida tavallud topgan. U «Bolalar», Setora, «Bayt» guruhlariga asos solgan.