Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev UzAuto Motors kompaniyasini Damas tez tibbiy yordam mashinalarini qimmat narxlarda sotayotganligi sabab tanqid qildi.

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

Parlament deputati tez yordam uchun 75 mln so‘mdan 20 Damas avtomashinasini sotib olgan Farg‘ona viloyati hokimligini misol qilib keltirdi.

«Shu UzAuto Motors ga ham hayronsan. Rossiyaning Ufasida avtomobillari ochiqda qolib chirib yotsa ham o‘z xalqi uchun jilla qursa Damas laridan bepul yoki imtiyozlar bilan berish qiyinmi?», — deydi Rasul Kusherbayev.

«24 yil davomida xalqimiz bilan birgamiz», deb ko‘kragini kerayotgan bu monopol hech bo‘lmasa shu og‘ir kunlarda haqiqatdan xalqi bilan birga ekanligini isbotlasa bo‘lardi. Axir shuncha yil shu xalq hisobidan yallo qilib yashadi, ertaga shu xalq bo‘lmasa uni «erka» ligini kim ko‘taradi, defektlar bilan chiqayotgan, otni kallasidek qimmat mashinalarini kim oladi, albatta shu xalq oladi. Pulini to‘lab oylab kutadigan Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina xalqi emas, shu xalq oladi, shu xalq minadi. Shu kasal bo‘layotgan odamlar bo‘lmasa hech kimsan «monopol do‘stim»!" -deydi deputat.

«O‘zavtosanoat»ning munosabati

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

«Gazeta.uz» ning murojaatiga ko‘ra «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati deputat Rasul Kusherbayevning kecha «O‘zAvto Motors» tez tibbiy yordam mashinalarini yuqori narxlarda sotayotgani haqidagi «e’loni» madaniyatli muloqotlar doirasidan chiqib ketganini ma’lum qildi. Chunki vaziyatni to‘liq bilmaydigan o‘quvchi uchun, bu kompaniya ushbu holatlarda narxlarni ataylab oshirib yuborayotganini anglatadi.

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Rasul Kusherbayevning so‘zlarida populizm borligiga ishora qildi va ayblovlarga birma-bir to‘xtalib o‘tishdi.

«Janob Kusherbayev „UzAuto Motors“ COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni e’tiborga olmayotir, deya da’vo qiladi. Biroq, biz professional jurnalist o‘zi aytayotgan so‘zlarining mohiyatini chuqurroq anglashi, tajribali parlamentariy esa, so‘zlarining mas’uliyatini yaxshiroq his qilishi lozim ekanligiga aminmiz. Aftidan, deputat uchun bu — o‘z shaxsini butun tarmoqqa qarshi qo‘yish hisobiga auditoriya qamroviga osonroq erishishga qaratilgan oddiy xabar bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘z saylovchilariga bo‘lgan oddiy hurmat ham ularga tekshirilgan axborot taqdim etishni nazarda tutadi. Afsuski, bayonotdagi deputat so‘zlarida haqqoniylikdan asar ham yo‘q», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, nafaqat «UzAuto Motors», balki kompaniya xodimlari ham, hamkorlari ham pandemiyaning birinchi kunlaridan koronavirusga qarshi kurashda faol qatnashib kelmoqda.

«To‘g‘ri, ehtimol, kompaniya o‘zining xayriya aksiyalarini ko‘z-ko‘z qilmayotgandir, biroq bu hech bir siyosatchiga tarmoq korxonalarining va ularda ishlayotgan o‘n minglab xodimlarning umumiy kurashga qo‘shayotgan hissalarini kamsitish huquqini bermaydi. Xayriya ishlaridagi ulushlari haqida gapirish kompaniya odatlariga kirmaydi, ammo Rasul Kusherbayev o‘zining haqoratomuz posti bilan ularni yodga olishga majbur qilmoqda: „O‘zavtosanoat“ AJ va uning tuzilmaviy bo‘linmalari birinchilardan bo‘lib „O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik“ jamoatchilik fondiga 1 milliard сўмdan ziyod mablag‘ o‘tkazdi», — deya ma’lumot berdi kompaniya.

Bundan tashqari, joriy yil aprel oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard so‘mlik tibbiyot жиҳозларини keltirish tashabbuskori bo‘ldi. Yana 2 milliard сўмga teng mablag‘ tarmoq korxonalari tomonidan Sardoba suv ombori yorilishi va Buxoro viloyatidagi to‘fondan zarar ko‘rganlar foydasiga o‘tkazildi, deyiladi xabarda. Kompaniya tomonidan hokimiyat idoralariga, karantin muassasalarining qurilishi uchun O‘SV apparatlari va 2500 ta konteyner beg‘araz taqdim etilgan.

Bundan tashqari, epidemiyaning ilk kunlarida, hali maxsus karantin markazlari yaratilmagan paytda, «O‘zavtosanoat» AJ Hojikentdagi «Lochin» idoraviy sog‘lomlashtirish oromgohini yuzlab insonlarni karantinga joylash uchun taqdim etdi va ularning to‘liq ta’minotini zimmasiga oldi.

«Mana shular va boshqa ko‘plab faktlardan keyin ham, kompaniya vatandoshlar tashvishlariga bee’tibor, deb da’vo qilish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?», — deya savol beradi «O‘zavtosanoat».

Kompaniya vakillari Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 20 ta yangi Damas avtomobillari sotib olingani bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishdi.

«Bu bilan janob Kusherbayev aynan nima demoqchi bo‘lgani unchalik tushunarli emas. Agar bu tez yordam ehtiyojlari uchun avtomobillar bepul berilishi kerakligiga shama bo‘lsa, unga, har qalay, o‘tgan haftaning o‘zida UzAuto Motors mutlaqo bepul asosda Andijon viloyati hokimligiga olti dona Damas tez yordam avtomobilini taqdim этgaнлиgiни aniqlashtirish qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lardi. Aftidan, bu haqda barcha OAVlarda e’lon qilinmagani xato bo‘lgan ko‘rinadi, lekin kompaniya umumiy ofat paytida bunday ishlarni ko‘z-ko‘z qilishni to‘g‘ri deb hisoblamaydi», — deyiladi kompaniya xabarida.

«Balki, Rasul Xidraliyevich tez yordam ehtiyojlari uchun barcha avtomobillar beg‘araz yetkazib berilishini istar? Ammo, Qonunchilik palatasining hurmatli deputati ilgari surayotgan bu g‘oya munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Homiylik to‘g‘risida"gi Qonunining ayrim me’yorlarini eslatib o‘tishni xohlar edik», — deyiladi kompaniya bayonotida.

«O‘zavtosanoat» vakillari «Xayriya to‘g‘risidagi» qonunning 5 moddasiga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50%dan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning homiylikka yillik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerakligini eslatishdi. «Shu munosabat bilan, birinchi yarim yillikning o‘zida xayriya maqsadlariga 37 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirgan „UzAuto Motors“, ming xohlamasin, ushbu chegarani bosib o‘ta olmaydi».

«Endi savol tug‘iladi: mamlakatimizda qonunlarni kim yozadi? „UzAuto Motors“ rahbariyatimi yoki, har qalay, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarimi? Barchasi sizning qo‘lingizda, hamkasblaringiz ixtiyorida, qadrli Kusherbayev janoblari», — ta’kidlaydi kompaniya.

«UzAuto Motors» o‘z xayriya faoliyatida deputatlar ishlab chiqqan qonunlarga tayanishini, ular tomonidan joriy qilingan cheklovlar doirasida ish ko‘rishini bildirib o‘tadi.

«Kompaniya tez yordam ehtiyojlariga „UzAuto Motors“ o‘z mahsulotlarini bepul taqdim etsin uchun, amaldagi qonunga e’tiroz bildiradimi? Yo‘q, e’tirozi yo‘q. Agar shunday qonun qabul qilinsa, kompaniya uni ijro etishga tayyormi? Zo‘r mamnuniyat bilan! Bunday qonun loyihasi parlamentga kiritilganmi? Har qalay, kompaniya bu haqda eshitmagan. Rasul Xidraliyevich Kusherbayev shunday g‘oya bilan yoki epidemiologik inqirozni yengish bo‘yicha boshqa har qanday tashabbus bilan ommaviy bayonot berdimi? Aslo yo‘q», — deya ya’kunlaydi kompaniya o‘z bayonotini.