18 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16068 (+172) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

️Hozirda tibbiyot muassasalarida 6984 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.