Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilligida Ish reja, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining topshiriqlari asosida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi — 2010 tasi (79%) byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi holatlar aniqlandi. Noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 mlrd so‘mi (70%) tegishli byudjetlarga tiklandi.

Hisobot davrida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarning tahlili vazirliklar bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida — 297 ta nazorat tadbirining 235 tasida 21,5 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (9 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,5 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida — 285 ta nazorat tadbirining 205 tasida 14,1 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (6,1 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,3 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida — 151 ta nazorat tadbirining 119 tasida 6,9 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (4,3 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Madaniyat vazirligi tizimida — 170 ta nazorat tadbirining 162 tasida 2,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (1,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari qariyb 2 martaga oshgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida o‘tkazilgan 168 ta nazorat tadbirlarining 154 tasida 2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (0,5 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 3,4 martaga oshgan.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida — 33 ta nazorat tadbirining 29 tasida 1,4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida — 18 ta nazorat tadbirining 15 tasida 0,9 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (0,4 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2 martaga oshgan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring компанияларида o‘tkazilgan 85 ta nazorat tadbirlarining 78 tasida 4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (2,8 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Shuningdek, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari Andijon (8,9 mlrd so‘m), Qashqadaryo (8,2 mlrd so‘m), Toshkent (6,2 mlrd so‘m), Jizzax (5,5 mlrd so‘m), Surxondaryo (5,4 mlrd so‘m), Namangan (4,6 mlrd so‘m), Farg‘ona (4,4 mlrd so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahri (7,9 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,5 mlrd so‘m)dagi byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda aniqlangan.

Byudjet qonunchiligi buzilgan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbari va boshqa manbasdor shaxslari o‘rnatilgan tartibda 35 mln so‘m miqdorida jarima toritilgan.

Shuningdek, 1246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.