Aktyor Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligining matbuot xizmati.

Abdurayim Abduvaxobov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan. «Do‘stlik» ordeni sohibi. U uzoq yillardan beri O‘zbek milliy akademik teatri aktyori edi.


«Shum bola» filmidan kadr. Foto: kino-teatr.ru.

U «Shum bola» (1977), «Suyunchi» (1982), «Tuylar muborak» (1978), «Chinor tagidagi duel» (1979), «Shaytanat» (1998) film va seriallardagi rollari bilan xalqqa tanilgan edi.

Ta’kidlanishicha, Abduraim Abduvahobov 14 iyun kuni 12.00 da o‘z uyidan oxirgi manzilga kuzatiladi.