Vazirlar Mahkamasining 3 iyuldagi qarori bilan Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektorlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan:

Gayrat Azatovich Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;

Kamal Saidakbarovich Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori etib;

Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.