4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Epitsentrda zilzila magnitudasi 5,5 ni tashkil etdi. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent : 301 km, 3 ball.
  • Namangan : 238 km, 3 ball.
  • Andijon : 237 km, 3 ball.
  • Farg‘ona : 176 km, 4 ball.
  • Guliston : 257 km, 3 ball.
  • Jizzax : 301 km, 3 ball.
  • Samarqand : 356 km, 3 ball.
  • Buxoro : 572 km, 2 ball.
  • Termiz : 376 km, 3 ball.
  • Qarshi : 450 km, 2 ball.
  • Navoiy : 498 km, 2 ball.

FVV matbuot xizmatining qayd etishicha, zilzila boshqa shaharlarda sezilmagan. Talofatlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.