20 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6119 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 173 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.