Juma, 19 iyun kuni O‘zbekistonda 179 ta koronavirus holati qayd etildi (jami — 5946 ta).

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, yangi holatlarning 46 tasi Karantin muassasalarida, 29 tasi aholi orasida (shundan 24 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 4 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

️Avval xabar qilganidek, bugun 74 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 68 nafari Toshkent shahridagi, 6 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5946 nafar bemordan 4273 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1654 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 33 601 nafar, statsionar karantinda esa 22 875 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.