«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

Tabiiy ofat viloyatdagi ko‘plab tadbirkorlarni hosildan mosuvo qildi. Ularning turar va noturar joylari, mol-mulklariga jiddiy zarar yetkazdi. Joylarda tadbirkorlik faoliyati to‘xtab qolmasligini ta’minlash, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish choralarini ko‘rish bugungi kunda ko‘plab buxoroliklar uchun eng dolzarb masalaga aylangan.

«Davlatimiz rahbarining yosh tadbirkorlar uchun yaratib bergan imkoniyatlaridan foydalanib, davlatdan olingan kredit hisobiga xususiy bog‘cha ochganmiz. „Kinder World“ nodavlat ta’lim muassasasi Romiton uchun muhim ob’ekt hisoblanadi. Chunki bu yerda 3−7 yoshli bolalar uchun eng malakali tarbiyachi murabbiylar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tahsil berishadi. Afsuski, kuchli dovuldan bog‘chamizning ichki va tashqi qismi jiddiy zarar ko‘rdi. „O‘zagrosug‘urta“ AJ Buxoro filialining hududiy bo‘linmasi zararni o‘z vaqtida to‘liq qoplash uchun qariyb 77,5 million so‘m to‘lab berishdi. Endilikda faoliyatimizni bemalol davom ettira olamiz. Bundan nafaqat men, balki yuzlab romitonlik bolalar, ularning ota-onalari ham xursand», — deydi tabiy ofatdan zarar ko‘rgan 27 yoshli tadbirkor Bekzod Narzulloyev.



Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi tomonidan tabiiy ofat zararlarini bartaraf etish ishlari butun viloyat miqyosida kengaytirilgan. Tashkil etilgan tezkor ishchi guruhga sug‘urta hodisasi natijasida yuzaga kelgan to‘lovlardan tashqari, kuchli shamol tufayli faoliyatini davom ettirish imkoniyati so‘roq ostida qolgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish vazifalari yuklatildi.

«Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida bankdan 27 million so‘m kredit olib, sakkiz sotix yerda qurgan issiqxonamizni shamol olib ketdi. Issiqxona asosan pomidor, bodring yetishtirishga mo‘ljallangan. Faqat pomidorni o‘zidan 50 million so‘mlik mahsulot sotishni kutgandim. Ilk hosildan kilosi 10−15 ming so‘mdan 250 kg mahsulot sotdim, xolos. Shamol tufayli issiqxona vayron bo‘ldi, birinchi hosildan ham ayrildim. Biroq «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasiga rahmat, faoliyatimni davom ettirish uchun 16,5 million so‘mга yaqin beg‘araz homiylik yordami ko‘rsatildi. Nasib qilsa, iyul oyida bodring mavsumidan kattaroq daromad olishga harakat qilaman. O‘zimni 21 yoshimda shunday jiddiy sinovga duch kelishim, tadbirkor sifatida erta sinmaganim uchun «O‘zagrosug‘urta»dan minnatdorman. Bu sohada xatarlarni boshqarish, ular bilan hisoblashish juda muhimligi anglab yetdim. Kelgusida ushbu kompaniya bilan mol-mulk, hosil kabi ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha shartnoma imzolamoqchiman», — dedi olotlik yosh tadbirkor Kamoliddin Ergashev.


«O‘zagrosug‘urta» AJ tomonidan viloyat miqyosida «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘lari qaytarilishi yuzasidan tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish» bo‘yicha qariyb 850 million so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

Reklama huquqi asosida