Sirdaryo viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi va pudratchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 200 mlrd so‘m miqdorda moliyalashtirildi. Bu haqda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Jalol Arashov Sirdaryo viloyatidagi qurilish-ta'mirlash va tiklash ishlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, “Sardoba” talofatidan zarar ko‘rgan hududlardagi ta’mirlash ishlari uchun Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalarining har biri 5 mlrd so‘mdan moliyalashtirildi. 52,5 ga yer maydonida 2640 xonadonli 66 ta ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish boshlandi.

Moliyalashtirilgan 200 mlrd so‘m mablag‘dan:

  • Sardoba tumani uchun 112,1 mlrd so‘m;
  • Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasi uchun 60 mlrd 600 mln so‘m;
  • Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasi uchun 27 mlrd 300 mln so‘m;

Xozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash va ularning tutash hudududlarini obodonlashtirish ishlari uchun jami 19 mlrd 128 mln so‘m mablag‘ talab etiladi. Jumladan, uylarni ta’mirlash uchun- 12 mlrd 94 mln so‘m va obodonlashtirish ishlariga — 7 mlrd 34 mln so‘m sarflanadi.