O‘zbekistonda koronavirusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Avval xabar qilganimizdek, 12 maydan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19dan davolangan bemorlarni reabilitatsiya qilish amaliyotidan voz kechgan edi.

Yig‘ilishda prezident koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayoganini ta’kidladi. Masalan, Toshkentda so‘nggi ikki haftada aniqlangan 551 ta koronavirus holatidan 482 tasi aholi orasida qayd etilgan. 57 ta holatda infeksiya manbai noma’lumligicha qolmoqda.

Koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash amaliyoti dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, masalan, Buyuk Britaniyada joriy etilgan.