O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni jami 3700 kishiga teng bo‘ldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati.

12 iyun kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2016 yil tug‘ilgan.

️Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning esa 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Sh️uningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 38 yoshda, kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan 1 nafardan.

Hozirda Respublika bo‘ylab shifoxonalarda 1100 bemor davolanmoqda, ularning 12 nafarini ahvoli og‘ir, 2 nafariniki esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.