O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Takidlanishicha, Rustam Karimjonov 2019 yil sentyabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjayev o‘rniga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, R. Karimjonov Xalq ta’limi vazirligi «Innovatsiya, texnologiya va strategiya» markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, R. Karimjonov 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011 yilda Koreyadagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura) ni tamomlagan.