Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston shahar va tumanlari kesimida karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hudud bo‘lib qoldi, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Toshkent

Barcha tumanlar «sariq» hududda: Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari.

Toshkent viloyati

«Yashil» hudud: Olmaliq va Ohangaron, Bo‘ka, Pskent va Ohangaron tumanlari.

«Sariq» hudud: Angren, Bekobod, Chirchiq, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlari, Bekobod, Bo‘stonliq, Quyichirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari.

«Qizil» hudud: Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Chinoz, Qibray, Parkent, Yangiyo‘l, Toshkent, Yuqori Chirchiq tumanlari.

Samarqand viloyati

«Yashil» hudud: Kattaqo‘rg‘on shahri, Narpay, Qushrabod, Nurobod, Bulung‘ur, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari.

«Sariq» hudud: Samarqand shahri, Tayloq, Jomboy, Samarqand, Oqdaryo tumanlari.

«Qizil» hudud: Payariq, Pastdarg‘om, va Urgut tumanlari.

Xorazm viloyati

«Yashil» hudud: Xiva shahri, Bog‘ot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xazarasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq va Yangibozor tumanlari.

«Qizil» hudud: Urgancha shahri.

Farg‘ona viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari, Oltiariq, Bog‘dod, Beshariq, So‘x, Dang‘ara, Quva, Qo‘shtepa, Buvayda, Rishton, Toshloq, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari.

Surxondaryo viloyati

«Yashil» hudud: Qiziriq, Uzun, Bandixon, Termiz, Angor, Denov, Oltinsoy, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari.

«Sariq» hudud: Termiz.

«Qizil» hudud: Sariosiyo tumani.

Sirdaryo viloyati

«Yashil» hudud: Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari, Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari.

«Sariq» hudud: Sardoba tumani.

«Qizil» hudud: Xovos tumani.

Qashqadaryo viloyati

Barcha tumanlar va shaharlar «yashil» hudud: Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kasbi, Mirishkor, Muborak, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari.

«Qizil» hudud: Chiroqchi tumani.

Namangan viloyati

«Yashil» hudud: Mingbuloq, Norin, Chortoq, Chust va Uchqo‘rg‘on tumanlari.

«Sariq» hudud: Namangan shahri.

«Qizil» hudud: Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Pop va Uychi tumanlari.

Navoiy viloyati

«Yashil» hudud: Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlari.

«Qizil» hudud: Zarafshon shahri, Konimex va Xatirchi tumanlari.

Jizzax viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish va Yangiobod tumanlari.

Buxoro viloyati

Barcha tumanlar va shaharlar «yashil» hudud: Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Vobkent, Qorovulbozor, Peshko‘, Romitan, Jondor, Olot va Qorako‘l tumanlari.

«Sariq» hudud: Kogon tumani.

«Qizil» hudud: G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari.

Andijon viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Andijon, Xonobod shaharlari, Baliqchi, Bo‘z, Buloqboshi, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Jalaquduq, Shahrixon, Oltinko‘l, Paxtaobod, Asaka va Andijon tumanlari.

Qoraqalpog‘iston

«Yashil» hudud: Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, To‘rtko‘l, Xojayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh va Bo‘zatov tumanlari.

«Qizil» hudud: Qo‘ng‘irot tumani.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ijtimoiy masofani saqlash, niqob kiyish va bir qator muassasalar va ob’ektlarning ishlashini taqiqlash kabi cheklovlar va qoidalar davom etmoqda. Hozircha, shaxsiy avtoulovlar bilan hududlar o‘rtasida sayohat qilish taqiqlanadi.