Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yaqin ikki hafta davomida (8−21 iyun kunlari) 20 ta charter qatnovini amalga oshirish rejalashtirgan. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Charter qatnovlari jadvali

8 iyun

Toshkent — Moskva — Toshkent

9 iyun
Toshkent — Seul — Toshkent
Toshkent — Moskva — Toshkent

10 iyun
Toshkent — Amritsar — Rim — Toshkent

11 iyun
Toshkent — Novosibirsk — Toshkent

12 iyun
Toshkent — Moskva — Toshkent
Toshkent — Istanbul — Toshkent

13 iyun
Toshkent — Moskva — Toshkent

14 iyun
Toshkent — Dubay — Toshkent

15 iyun
Toshkent — Moskva — Toshkent
Toshkent — Istanbul — Toshkent

16 iyun
Toshkent — Bangkok — Toshkent
Toshkent — Dubay — Toshkent

17 iyun
Toshkent — Moskva — Toshkent

18 iyun
Toshkent — Dehli — Toshkent

19 iyun
Toshkent — Istanbul — Toshkent
Toshkent — Moskva — Toshkent

20 iyun
Toshkent — Qozon — Toshkent

21 iyun
Toshkent — Moskva — Toshkent
Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent

Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari qaytgach, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining talablari va me’yorlariga qat’iy rioya etgan holda 14-kunlik karantinga joylashtiriladi.