8 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4352 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 5 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida, qolgan 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, yana 3 nafari esa aholi orasida) aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 981 kishi davolanmoqda. Ulardan 6 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 3354 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan.