7 iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4302 (+121) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.

️Ayni paytda O‘zbekistonda 3330 (+62) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 955 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Yakshanba kuni ertalabki 10:00 holatida bemorlar soni 87 kishiga ko‘payib, jami 4181 nafarga yetgan edi.