Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Abituriyentlar:

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz
  • Davlat test markazining rasmiy veb-sayti — dtm.uz
  • Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

OTMlarga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda tegishli oliy ta’lim муассасасининг rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida Call centerlar tashkil etiladi.

Test sinovlari natijalari bir kun muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlarining oxirgi kunidan boshlab bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatiga ko‘ra imtihon o‘tkazilgandan keyin 1−3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.