2020 yil 30 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3523 (+10) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 726 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.