O‘zbekiston prezidentining 28 maydagi qarori bilan Furqat Ahmedovich Sidiqov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

U avvalroq O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘lib ishlayotgan edi, ungacha esa O‘zbekistoning AQSHdagi elchixonasi birinchi kotibi bo‘lgan.