Yuldashev Bobirbek Bahodirovich Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi. Tashkiliy masala Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida Marhamat tumani hokimligida tuman faollarining yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Bunga qadar u O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Bobirbek Yuldashev (1986 y. t.) Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini 2005−2006 yillarda Andijon shahar statistika bo‘limida iqtisodchi vazifasida boshlagan. 2006−2009 yillarda Andijon viloyati statistika boshqarmasida, 2009−2010 yillarda Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot Bosh boshqarmasida, 2010−2018 yillarda Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi 1-toifali mutaxassisi, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida ishlagan.

Amaldagi Marhamat tumani hokimi Qamchiyev Shuxratbekning nima sababdan ishdan bo‘shatilganligi va yangi ish joyi bo‘yicha ma’lumot berilmagan.