23 may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.Bu haqda “Koronavirus info” rasmiy Telegram-kanali tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga tayanib ma’lum qilindi.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olingan. Ularning orasida oila a’zolari bor.️ Shu bilan birga, bemor bilan ko‘chada muloqotda bo‘lgan 26 kishidan ham virusologik tahlil uchun surtma namunalari olingan.

25 may kunidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida jami 175 ta holat aniqlangan bo‘lib, 167 nafar bemor to‘liq sog‘aygan. Ayni paytda Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida ham aholi orasida COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmoqda.