UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 15 may kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilanadi, deya “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu oxirgi ikki oy ichida “O‘zbekneftgaz” AJ uchinchi marotaba benzin narxini arzonlashtirishi. Mart oyi yakunida AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mgacha, aprel oxirida esa 5500 so‘mgacha tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ai-80 markali benzin narxi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilayotgani haqida xabar berilgandi.