Farg‘onada 6 nafar va Samarqandda 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Sog‘ayganlarning barchasi reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Farg‘onada tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 156 nafar bemor sog‘ayib, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor qolmoqda.

Samarqand viloyatida tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (3 nafari Toyloq tumanidan, yana 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 2 nafari Payariq tumanidan va 1 nafari Samarqand shahridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2055 nafarga yetdi.