Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun respublika bo‘yicha jalb qilingan tibbiyot xodimlariga maxsus rag‘batlantirish va har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etdi.

“Tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati uchun minnatdormiz”, — deb yozdi moliya vaziri Timur Ishmetov o‘zining Tvitter sahifasiga.

Vazirlik ma’lumotnomasiga ko‘ra, respublika bo‘yicha qariyb 16 ming tibbiyot xodimiga 55 mlrd so‘mga yaqin pul miqdori to‘lab berilgan. Bunda, 1524 nafar tibbiyot xodimiga 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘loviga 32,048 mlrd so‘m ajratilgan, 14,301 nafar tibbiyot xodimiga esa maoshlariga 6 foizlik har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar 22,832 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi statistikasi

  • Toshkent shahri — 32 nafar xodimga 899 mln so‘m
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 61 nafar xodimga 1,229 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati — 162 nafar xodimga 3,789 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati — 92 nafar xodimga 2,055 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 14 nafar xodimga 309 mln so‘m
  • Navoiy viloyati — 21 nafar xodimga 414 mln so‘m
  • Namangan viloyati — 124 nafar xodimga 2,658 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati — 49 nafar xodimga 984 mln so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 67 nafar xodimga 924 mln so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 33 nafar xodimga 713 mln so‘m
  • Toshkent viloyati — 149 nafar xodimga 3,359 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 264 nafar xodimga 5,309 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati — 153 nafar xodimga 3,137 mlrd so‘m
  • Respublika byudjetidan — 303 nafar xodimga 6,260 mlrd so‘m
  • JAMI — 1,524 nafar xodimga 32,039 mlrd so‘m ajratilgan

Hududlar bo‘yicha oylik lavozim maoshlariga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar statistikasi

  • Toshkent shahri — 1,228 nafar xodimga 3,062 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 511 nafar xodimga 692 mln so‘m
  • Andijon viloyati — 1,531 nafar xodimga 2,514 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati — 671 nafar xodimga 1,397 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati — 415 nafar xodimga 748 mln so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 323 nafar xodimga 410 mln so‘m
  • Navoiy viloyati — 530 nafar xodimga 615 mln so‘m
  • Namangan viloyati — 2,205 nafar xodimga 2,866 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati — 404 nafar xodimga 664 mln so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 984 nafar xodimga 1,886 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 293 nafar xodimga 378 mln so‘m
  • Toshkent viloyati — 1,798 nafar xodimga 3,661 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 2,512 nafar xodimga 2,677 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati — 828 nafar xodimga 1,142 mlrd so‘m
  • Respublika byudjetidan — 68 nafar xodimga 118 mln so‘m
  • JAMI — 14,301 nafar xodimga 22,830 mlrd so‘m ajratilgan

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni O‘zbekiston prezidentining qarori bilan koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlariga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilangan edi. Unda, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan va zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi (soliqlardan tashqari) belgilandi.

Rag‘batlantirish to‘lovlari quyidagicha:

  • vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
  • o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
  • kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
  • boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.