5 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2204 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etish joizki, oxirgi marta kasallanganlar statistikasi kecha kun yakunida yangilangan edi. 5 may kuni ertalab yangi kasallanish holatlari qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1454 nafarni tashkil etmoqda. 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.