«Sardoba» suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolgan ikkinchi Milliy gvardiya xodimini qidirish ishlari davom etmoqda.