27 aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1904 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun avvalida yangi tasdiqlangan holatlar soni 18 taga ko‘paygani va umumiy 1887 taga yetgani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga, kun davomida 103 kishining koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 892 nafarga tashkil etgani ma’lum qilindi.