Hozirgi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatda ko‘pchilik davlat va xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati cheklangani natijasida surunkali, somatik kasalliklari bilan doimiy nazoratga muhtoj bemorlarning shifoxonalarga murojat qilishida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.


E’tibordan chetda qolib ketayotgan ana shunday bemorlarga qulaylik yaratish, kasallikning og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli og‘ir asoratlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida DMC klinikasi navbatdagi xayriya aksiyasiga qo‘l urdi. Unga ko‘ra:

  • Bemorlar o‘z uylaridan klinikaga kelib-ketishlari xizmat avtomashinasida barcha sanitariya gigiyenik qoidalarga rioya qilingan holda bepul amalga oshiriladi;
  • Klinikada barcha tekshiruvlar 50%, laborator tahlillar 30%li chegirma asosida o‘tkaziladi.

Klinika eng zamonaviy va innovatsion tibbiy diagnostik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorlarga malakali shifokorlar xizmat ko‘rsatadi. Shuning uchun hech qaysi bemor e’tibordan chetda qolmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: (+998) 78−148−30−30; (+998) 71−261−13−31; (+998) 71−261−18−78.

Manzil: Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 376−376A. Mo‘ljal: sodiq «Ona va bola» shifoxonasi, agromaktab
Sayt: dmclinic.uz; elektron manzil: dmclinic2018@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/dmclinic_uz

Reklama huquqi asosida.