O‘zbekiston nodavlat tibbiyot muassasalariga 2020 yil 1 sentyabrga qadar koronovirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga tayanib xabar qildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablariga rioya qilgan holda hududdiy sanitariya epidemiologik osoyishtaligi markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadigan shartnoma asosida test o‘tkazishlari mumkin.

Prezidentning 26 martdagi qarori bilan tibbiyot muassasalariga istisno tariqasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilgan edi.