Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan biri (ayol) Andijon viloyatidan, ikkinchisi (ayol) esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, 25 mart kuni Turkiyadan Farg‘onaga charter reysi bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda 27 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ushbu bemorlar shifokorlar tomondan xalqaro standartlar asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli ayni paytda darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.