11 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 bilan koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 694 tani tashkil etadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakat bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda koronavirus bilan kasallangan 212 bemor davolanmoqda.

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasida 104 kishi davolanmoqda, ulardan 28 nafari pnevmoniyaga chalingan, 8 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti klinikasida esa 108 kishi davolanmoqda, 5 bemorning ahvoli og‘ir.