Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram kanali xabar berdi.

Mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinishi ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, hozirda ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.