9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Koronaviurs Info kanali Toshkent viloyati hokimligiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno bo‘ladi.

Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-oziq yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati xodimlaridan vaqtincha Olmaliq hududida yashash imkoniyatini qidirish so‘ralgan.