8 aprel soat 17:15 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 nafarga oshib, 545 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bundan avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 taga oshib, jami 534 nafarga yetgani xabar qilingan edi.

Qayd etish joizki, ushbu holatlarning 30 tasida bemorlar to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 3 tasida hayotdan ko‘z yumdi. Xususan, 7 aprel oqshomida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida chirchiqlik 40 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi.