Qashqardayo viloyatining Qarshi tumanidagi «Toshqul bobo» fermer xo‘jaligi raisi B.U. joriy yil fevral oyida maydon chetiga ihota sifatida ekilgan ko‘p yillik 4 tup chinorni hech qanday ruxsatsiz kesib tashlagani aniqlandi, deya xabar berdi Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.


Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan fermer xo‘jaligi raisi B.Uga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


Noqonuniy kesilgan ko‘p yillik chinor daraxtlari zarari 100 mln 350 ming so‘mni tashkil etganligi bois MJtKning 245-moddasi 3-qismiga asosan tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Qarshi tuman Ma’muriy sudiga yuborildi.


Sud tomonidan ushbu huquqbuzarlikni ko‘rib chiqib, fermer xo‘jaligi raisi B.Uga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 100 mln 350 ming so‘mlik zararni fuqarolik tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan sud qarori rasmiylashtirildi.