Yana besh kishi — Parijdan kelgan ayolning uch qarindoshi, Istanbul va Londondan kelgan ikki yo‘lovchid COVID-19 koronavirusi tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 23 taga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Barcha besh bemor ham tibbiy nazorat ostida bo‘lgan. Mamlakatda koronavirusga chalingani tasdiqlanganlar soni 23 nafarga yetdi. Barcha bemorlar — O‘zbekiston fuqarolari.