O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 15 nafarga yetdi, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqaroning turmush o‘rtog‘i ham ushbu virusni yuqtirgani tasdiqlangan.

Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan.