O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, prezident hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.

Davlat rahbari Xorazm viloyatiga oxirgi marta 2018 yil noyabrida tashrif buyurgan edi.