«O‘zbekiston pochtasi» yangi koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish bir muncha uzoq muddat talab etilayotgani haqida ma’lum qildi.

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus narsalar ustida, jumladan posilka, banderollarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

Shunga qaramay, O‘zbekiston pochtasi Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish, sanitariya-yepidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

«Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikishlari asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liq», — deyiladi xabarda.

Avvalroq AliExpress internet savdo maydonchasi ma’muriyati ham xaridorlarni buyurtmalarni olish muddatlari kechikishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.